“Barsa”ga xiyonat. Kataloniyaliklar tarbiyalagan to‘purar sardor “Real”ga o‘tib ketdi!

  • 13 iyul, 2021, 08:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” klubi ashaddiy raqibi “Barselona” yoshlar jamoasi sardori Jaume Jordining transferini e’lon qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Tecno

19 yoshli hujumchining kataloniyaliklar bilan shartnomasi shu yilning 30 iyun kuni yakunlandi. Klub mutasaddilari iste’dodli futbolchi bilan shartnoma tuzishga urinmasin buning imkonini topa olmadi.

Jordi erkin agentga aylanganidan keyin “Qirollik klubi” safiga qo‘shilishga qaror qildi. Uning bu harakatidan “Barselona” hech qanday moddiy foyda ololmaydigan bo‘ldi.

Jaume Jordi o‘tgan mavsumda yoshlar musobaqalarida “Barselona”ning eng zo‘r to‘purariga aylangan edi. Yosh hujumchi uchrashuvlarda to‘qqizta gol urib, uchta golli pas oshirdi.

“Real” Jordidan tashqari “Roma” futbolchisi Gonsalo Vilyarning kenja ukasi Xaverni ham o‘z tarkibiga qo‘shib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!