“Barsa”ni enggan murabbiy katta gapirib qo‘ydi

  • 11 noyabr, 2024, 09:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatining 13-turida “Real Sosedad” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida musobaqada peshqadamlik qilayotgan “Barselona”ni 1:0 hisobida engdi.

Uchrashuvdan keyin g‘olib jamoa bosh murabbiyi Imanol Alguasil uchrashuv haqidagi fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

- Menga o‘yinchilar qanday kurashgani juda yoqdi. Uchrashuv mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, g‘ar qanday natijada ham shogirdlarim o‘yinidan faxrlangan bo‘lardim. Lekin biz g‘alaba qozonishni istagan edik.

Futbolchilarimiz va muxlislarimiz stadionni mamnun holda tark etdi.

“Barselona”ning bekor qilingan goli haqida nima deyishim mumkin? To‘g‘risi, videotakrorni hali ko‘rganim yo‘q, lekin raqib mag‘lubiyatga loyiq ekani aniq.

Chunki biz butun uchrashuvni olib qaraganda, yaxshiroq o‘ynadik. Bu mutlaq harakatga yarasha natija va adolatli g‘alaba bo‘ldi, - dedi Imanol Alguasil.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Jahongir real
11/11/2024 11:32
Yasabtiyu barsachilarni