"Barsa"ni tor-mor etgan futbolchi uchun "Real" 150 million evrodan voz kechishi mumkin
"Real" "Benfika" hujumchisi Darvin Nunesni bilan shartnoma imzolashni xohlamoqda.
"Defensa Central" nashrining xabar berishicha, "qirollik klubi" 22 yoshli futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan 150 million evroni to‘lamoqchi emas. Qayd etilishicha, "qaymoqranglilar"ning qarori Nunesga qiziqayotgan "Manchester Siti" va "Liverpul"ga ushbu transfer masalasida yo‘l ochib berishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, urugvaylik futbolchining "Benfika" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar