“Barsa”ning Messiga talabi

  • 30.09.2022 10:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ hujumchisi Lionel Messi mavsum yakunlanishi bilan erkin agent sifatida “Barselona”ga kelishi kutilmoqda.

Kataloniya klubi vitse-prezidenti Eduard Romeu bu vaziyatga baho berdi.

- Agar Messi erkin agent sifatida keladigan bo‘lsa, bu transferni amalga oshirishning imkoni bor. Lekin bu eng avvalo, futbolchining istagi va murabbiylar shtabining qaroriga bog‘liq, - dedi  Eduard Romeu.

Messi “Barselona”ni 2021 yilning yozida tark etgan edi. Bu klub safida argentinalik yulduz 35 ta sovrinni qo‘lga kiritgan va etti marta “Oltin to‘p” sohibi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!