
"Barsa"ning "Xetafe"ga qarshi bahs uchun qaydnomasi ma’lum. Messi va Fati o‘ynamaydimi?
La Liganing 7-turida "Barselona" "Xetafe’ga qarshi bellashuv o‘tkazadi. Ushbu uchrashuv uchun "ko‘k-anorranglilar"ning qaydnomasi e’lon qilindi.
Qaydnomadan joy olgan futbolchilar ro‘yxati: Mark-Andre ter Shtegen, Nelson Semedu, Jerar Pike, Ivan Rakitich, Serji Roberto, Jan-Kler Todibo, Artur, Luis Suares, Usman Dembele, Neto, Kleman Langle, Mussa Vage, Antuan Grizmann, Karles Alenya, Serxio Buskets, Frenki de Yong, Arturo Vidal, Xunior Firpo, Karles Peres.
Jamoa hujumchisi Lionel Messi jarohati tufayli bahsni o‘tkazib yuboradi. Bundan tashqari, o‘zining yorqin o‘yinlarini namoyish etayotgan Anssumane Fati ham tizzasi bilan bog‘liq muammolarga duch kelgani tufayli bahsni o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu bellashuv 28 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.
Fikrlar