“Barsa”ning yangi transferi pishdi
“Barselona” yanvarda o‘z safiga “Arsenal” himoyachisi Shkodran Mustafini qo‘shib olish imkoniga ega bo‘ldi.
Hozir 28 yoshli futbolchining agenti Emre O‘zturk Kataloniyada klub xo‘jayinlari bilan muzokara o‘tkazmoqda.
- Men hozir “Barselona”daman. Bu erda Shkodran Mustafi bo‘yicha muzokara o‘tkazyapman, - deb ma’lumot berdi Emre O‘zturk.
Mustafining “kanonirlar” bilan shartnomasi yozda tugaydi. U jamoaga kerak bo‘lmay qolgani va joriy mavsumda atigi ikkita o‘yinda qatnashganini inobatga olib, londonliklarning uning maoshiga ketadigan mablag‘ni tejab qolish maqsadida futbolchini qishda bepul qo‘yib yuborishi mumkin.
Fikrlar