"Barselona" - "Real" uchrashuvini kim boshqarishi ma’lum

  • 05.04.2023 15:02
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Bugun oqshom "Barselona" va "Real" Madrid klublari Ispaniya kubogi yarim finalining javob uchrashuvida to‘qnash keladi. O‘yin arafasida Ispaniya futbol federatsiyasi bo‘lajak o‘yinni boshqaradigan hakam nomini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, bu Xuan Martines Munueraga ishonib topshirildi.Ispaniyaliik referi chempionatning birinchi turida ham "klasiko"ni boshqargan va Xaviga sariq kartochka ko‘rsatgan edi.

Eslatib o‘tamiz, birinchi o‘yinda "Barselona" Militaoning avtogoli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!