"Barselona" 18 yoshli futbolchini sotib olmoqchi
"Barselona" jamoasi APLdan 18 yoshli futbolchini sotib olishga urinib ko‘radi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" "Aston Villa" yarim himoyachisi Karni Chukvemekani xarid qilmoqchi. Kataloniyaliklar uni anchadan beri jiddiy kuzatib kelmoqda.
Karnining birmingemliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilda yakuniga etadi. U o‘tgan mavsum APLning 12 o‘yinida bitta golga hammualliflik qilishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar