
"Barselona" 19 yoshli himoyachi bilan shartnoma imzolaydi
"Barselona" "Kustoshiya" futbolchisi Mikail Faeni sotib oladi, deya xabar tarqatdi Fabritsio Romano. Uning transferi Kataloniyaliklar uchun 5 million evroga tushdi.
Jurnalistning ta’kidlashicha, 19 yoshli himoyachiga "Borussiya" va "Chelsi"dan qiziqishlar bo‘lgan. Aristokratlar tez orada unga taklif bilan chiqmoqchi edi, lekin senegallik futbolchi Ispaniyani tanladi.
Ma’lumot uchun, Faye chapaqay bo‘lib, chap qanot himoyachisi sifatida ham harakatlana oladi. U qishda "Kustoshiya" tarkibiga kelib qo‘shildi va jamoa tarkibida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar