"Barselona" Allegriga taklif yubordi

  • 13 yanvar, 2020, 18:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Kataloniyaning "Barselona" klubi rahbariyati jamoaga yangi bosh murabbiy qidirishni davom ettirmoqda va bu borada ular ayni damda ishsiz yurgan italiyalik mutaxassis Massimiliano Allegriga taklif bilan chiqishgan.

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” Allegrini yozda jamoadan ketadigan Ernesto Valverdening o‘rniga munosib ko‘rishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Barselona" bosh murabbiy lavozimiga Xavi va Ronald Kumanni ham taklif qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ular shuningdek Kike Seten ("Sent-Eten" sobiq ustozi), Xavi Garsiya Pemento ("Barselona" yoshlar jamoasi murabbiyi), Gabriel Milito ("Estudiantes") va Maurisio Pochettino ("Tottenxem" sobiq ustozi) kabi mutaxassislar nomzodlarini ham ko‘z ostiga olib qo‘yishgan.f

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!