“Barselona” Angliyada so‘nib qolgan yulduzni porlatmoqchi
Katta ishtiyoq bilan Angliya premer-ligasiga ko‘chib o‘tgan Tima Verner Bundesligadagi kabi sermahsul o‘yin namoyish qila olmayapti.
“Leyptsig” tarkibida 127 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 78 marotaba ishg‘ol qilgan Timo o‘tgan yozda “Chelsi”ga o‘tganidan beri to‘purarlik mahoratini ko‘rsata olgani yo‘q. Germaniyalik futbolchi Angliya premer-ligasida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, atigi beshta gol urdi va o‘ziga sarflangan mablag‘ni oqlagani yo‘q.
Yozda hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirayotgan “Barselon” Timo Verner transferi bo‘yicha “Chelsi”ga taklif tayyorlayotgani ma’lum bo‘ldi. Kataloniyaliklar 25 yoshli hujumchini 50 million evroga xarid qilishni mo‘ljallamoqda.
Londonliklar o‘zlari uchun 53 million evroga tushgan Vernerni sotib yuborishga qarshi emas.
Fikrlar