"Barselona" "Atletiko" futbolchisini ko‘zlamoqda
"Atletiko" yarim himoyachisi Toma Lemar faoliyatini “Barselona”da davom ettirishi mumkin.
Todofichajes nashri tarqatgan xabarga qaraganda, kataloniyaliklar Frantsiya terma jamoasining 25 yoshli a’zosini o‘z safida ko‘rmoqchi. Lemarning “matraschilar” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan. Uning transfer narxi esa 25 million evroga baholanmoqda.
Toma Lemar joriy mavsum “Atletiko” safida jami 7 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar