"Barselona" "Ayaks" sardorini sotib olishga yaqin turibdi

  • 17 aprel, 2019, 21:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning “Barselona” klubi “Ayaks” himoyachisi Matteys de Ligtni sotib olishga juda yaqin turibdi. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.

Ta’kidlash kerakki 19 yoshli gollandiyalik futbolchiga shuningdek “Yuventus” va “Bavariya”dan ham jiddiy qiziqishlar bor. Ammo, u faoliyatini “Barselona”da davom ettirmoqchi. Hozirda “ko‘k-anor ranglilar” vakillari de Ligtning agenti Mino Rayola bilan doimiy aloqada bo‘lib turishibdi.

Ma’lumot uchun, de Ligt joriy mavsum “Ayaks” safida jami 50ta o‘yinda maydonga tushdi va 5ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!