
“Barselona” Braziliyadan betarbiya hujumchini olib kelmoqda
“Barselona” rahbariyati “San-Paulu” hujumchisi Gustavo Mayyaning transferini sotib olishga qaror qildi.
Ma’lumotlarga qaraganda, kataloniyaliklar 4,5 million evro evaziga futbolchiga egalik huquqining 70 foizini sotib oladi. 30 foiz transfer huquqi “San-Paulu”da qoladi. Avvalroq, “Barselona” futbolchi uchun 1 million evro to‘lagan edi va uning transfer huquqiga egalik qilish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmaslik uchun 30 iyunga qadar yana 4,5 million evro berishi kerak.
19 yoshli hujumchini “San-Paulu” tarbiyalagan. Mayya “Flamengo”ga ijaraga berilgan edi. Lekin futbolchining muammolari tufayli bu reja amalga oshmadi. Shundan so‘ng, hujumchi yomon xulqi tufayli jamoa asosiy tarkibidan chetlatilgan edi.
Endi “Barsa” uni Kataloniyaga olib kelib, qayta tarbiyalashi kerak bo‘ladi.
Fikrlar