
"Barselona" de Ligt transferiga yana qaytishi mumkin
Kataloniyaning "Barselona" klubi "Ayaks" himoyachisi Matteys de Ligtning transferiga qaytishi mumkin. Bu haqda Sport.es nashri xabar tarqatmoqda.
Gap shundaki, 19 yoshli gollandiyalik futbolchi uchun kurashda favorit deya tilga olinayotgan “Yuventus” hamon ushbu transfer masalasida amsterdamliklar bilan kelishuvga erisha olmayapti. Gollandiya chempioni de Ligtni 75 mln evroga baholamoqda, turinliklar esa 70 mln evro taklif qilishmoqda. Shundan 20 millioni bonus hisobida.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” rahbariyati de Ligt uchun “Ayaks”ga shuncha mablag‘ to‘lashga rozi bo‘lgan. Biroq, “ko‘k-anor ranglilar” futbolchining o‘zi va agenti bilan kelisha olishmagan edi.
Fikrlar