"Barselona" EChL g‘olibi bilan 5 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishdi
Yozda katta ehtimol bilan "Chelsi" himoyachisi Andreas Kristensen boshqa jamoaga yo‘l oladi.
AS nashri tarqatgan ma’lumotlarga qaraganda, daniyalik futbolchi faoliyatini "Barselona"da davom ettiradi. Tomonlar tez orada 5 yillik shartnomaga imzo chekadi va natijada, yiliga 5 million evro daromad topadi. U Londonni erkin agent sifatida tark etadi.
Avvalroq, "aristokratlar" prezidenti Roman Abramovich uchragan sanktsiyalar tufayli jamoaning bir necha vakili "ko‘klar" safini tark etishi haqida xabarlar tarqalgandi.
26 yoshli himoyachi "Chelsi" libosida umumiy hisobda 160 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 tadan gol va assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar