
"Barselona" etakchilaridan biri "Lion"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi
Xabaringiz bor bundan avvalroq “Barselona” vingeri Usmon Dembele kecha La Liganing 27-turidan o‘rin olgan “Rayo Valekano”ga (3:1) qarshi bahsda jarohat olgani haqida xabar berilgan edi.
Keyinroq ma’lum bo‘ldiki, 21 yoshli frantsiyalik futbolchining chap oyoq tizzasidan olgan jarohati biroz jiddiy va u “Lion”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan EChL 1/8 final javob bahsida ishtirok eta olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” va “Lion” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 13 mart kuni “Kamp Nou”da bo‘lib o‘tadi. Ushbu jamoalarning Frantsiyadagi bahs 0:0 hisobida yakunlangan edi.
Fikrlar