"Barselona" futbolchisi Frantsiya chempionatiga yo‘l oladi

  • 21.06.2021 13:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" yarim himoyachisi Konrada de la Fuente faoliyatini "Marsel"da davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

Insayderning ta’kidlashicha, frantsuz grandi Kataloniya klubi bilan kelishuvga erishgan. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma joriy haftada imzolanadi.

"Ko‘k-anor ranglilar" 19 yoshli futbolchining transferida 3,5 - 5 million evro atrofida daromad olishi mumkin.

De la Fuente o‘tgan mavsum "Barsa" safida bor yo‘g‘i 3 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!