"Barselona" futbolchisi "Valensiya"ga ko‘chib o‘tishga yaqin turibdi

  • 30 iyun, 2019, 10:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi yarim himoyachisi Rafinya "Valensiya"ga ko‘chib o‘tishga juda yaqin turibdi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 26 yoshli braziliyalik futbolchining transferi “ko‘rshapalaklar”ga 15 mln evroga tushadi.

Ta’kidlash kerakki, Rafinya so‘nggi yillarda juda ko‘p jarohatlar oldi va shu bois “ko‘k-anor ranglilar”ning asosiy tarkibiga kira olmadi.

Ma’lumot uchun, Rafinya o‘tgan mavsum “Barselona” safida bor yo‘g‘i 12ta o‘yinda maydonga tushdi va 3ta golga mualliflik qildi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq "Barselona"ning gollandiyalik darvozaboni Yasper Sillesen ham "Valensiya"ga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!