"Barselona" Grizmanning transferiga Semeduni qo‘shib bermoqchi

  • 28.06.2019 14:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" klubi "Atletiko" bilan frantsiyalik hujumchi Antuan Grizmanning transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra kataloniyaliklar frantsiyalik futbolchining transfer narxini kamaytirish uchun “matraschilar”ga portugaliyalik himoyachisi Nelson Semeduni qo‘shib bermoqchi.

Ta’kidlash kerakki, bundan avvalroq “Atletiko”ning o‘zi ham Semeduga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, 1 iyuldan boshlab Grizmaning narxi 120 mln evroga tushadi. Semeduning transferi esa 40 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!