"Barselona" Grizmanning transferini qachon e’lon qilishi ma’lum bo‘ldi

  • 06.07.2019 18:14
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Atletiko" va "Barselona" klublari frantsiyalik hujumchi Antuan Grizmanning transferi bo‘yicha ishni tez orada yakunlashni maqsad qilishgan.

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra kataloniyaliklar 28 yoshli jahon chempionining transferini kelayotgan chorshanba kuni, ya’ni 10 iyul kuni rasman e’lon qilishadi. Uning “Kamp Nou”dagi taqdimot marosimi esa oradan 2 kun o‘tib o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Grizmanning transferi “Barselona”ga 120 mln evroga tushadi. Boisi, futbolchining shartnomasida aynan mana shuncha tovon puli belgilab qo‘yilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!