"Barselona" hujumchisi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin
Kataloniyaning "Barselona" klubi forvardi Ferran Torres faoliyatini "Aston Villa"da davom ettirishi mumkin.
"Fichajes" nashri bergan xabarlarga koʻra, "qoq-anorranglilar" forvardi Ferran Torres "Aston Villa"ga koʻchib oʻtishi mumkin. Ingliz klubi ispaniyalik futbolchi uchun 60 million evrodan voz kechishga tayyor ekanini maʼlum qilgan. Ferran 2022 yilda "Manchester Siti"dan Kataloniya klubi safiga 55 million evro evaziga kelib qoʻshilgan edi. Uning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga yetadi. "Transfermarkt" portali futbolchini 50 million evroga baholagan.
Maʼlumot uchun, Torres joriy mavsumda umumiy 27ta uchrashuvda maydonga tushib, 15ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar