“Barselona”: Hurmatimizni joyiga qo‘ying!

  • 11.10.2023 11:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” rahbariyati jamoa ishtirokidagi o‘yinlarni televidenie orqali translyatsiya qilayotgan telekanallarga e’tiroz bildirdi.

Sport.es nashrining yozishicha, kataloniyaliklar translyatsiyani uyushtirayotgan ijodkorlar jamoaga nisbatan hurmatsizlik qilayotganidan norozi.

Xususan, uchrashuvlar namoyishi vaqtida bosh murabbiy Xavi Ernandesga nisbatan salbiy fikr uyg‘otayotgan sharhlar, bosh murabbiy hakam bilan tortishayotgan vaziyatlarni atayin ko‘p ko‘rsatish holatlari “Barselona” rahbariyatiga yoqmayapti.

“Barselona” bu xatti-haraatlarga javoban, o‘yin vaqtidagi tanaffuslarda televidenie vakillari bilan hamkorlik qilishni to‘xtatishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!