“Barselona” Koutinodan qutilish yo‘lini topdi

  • 18.12.2021 17:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes braziliyalik pleymeyker Filippe Koutino xizmatlaridan foydalanmoqchi emas.

Yaqinda “Nyukasl” Koutinoga taklif bilan chiqqandi. Biroq, tajribali o‘yinchi bu jamoa shartnomasini qabul qilishdan bosh tortdi.

Shundan so‘ng, “Barselona” mutasaddilari futbolchining agenti bilan uchrashib, “Nyukasl” taklifi borasida Koutino yana bir bor o‘ylab ko‘rishini tavsiya qilishdi.

Agar bu transfer o‘xshamasa, klub xo‘jayinlari boshqacha yo‘l tutmoqchi. Unga ko‘ra, ular “Manchester Yunayted” yoki “Manchester Siti” o‘yinchilaridan birini Koutinoga almashtirishni mo‘ljallamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!