"Barselona" Kristensenga yangi shartnoma taklif qildi, ammo javob hali yo‘q
"Barselona" himoyachisi Andreas Kristensen klubdan shartnomani uzaytirish bo‘yicha taklif oldi, ammo hozircha yakuniy javob bermagan.
"Diario SPORT" ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar daniyalik futbolchiga yana bir yillik yangi bitim taklif qilgan. Yangi shartnomada maosh miqdori kamaytirilishi ham ko‘zda tutilgan.
Manbaga ko‘ra, ayniqsa yozda "Inter"dan Bastoni transferi amalga oshsa, Kristensening qarorini oldindan aytish qiyin.
Avvalroq himoyachi tizzasining krestsimon bog‘lamlaridan jarohat olgani va taxminan bir oy maydondan chetda qolishi xabar qilingan edi.
Joriy mavsumda 29 yoshli daniyalik futbolchi barcha musobaqalarda 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.
Uning "ko‘k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi iyun oyi oxirida yakunlanadi.
Fikrlar