“Barselona” Kroyf davridagi rekordlardan birini yangiladi
“Barselona” Ispaniya La Ligasining 28-turida “Sevilya” ustidan 5:2 hisobida g'alaba qozondi. Shu tariqa jamoa joriy mavsumdagi Ispaniya chempionatining har bir uchrashuvida gol urdi.Kataloniyaliklar mag'lub bo'lishgan o'yinlarda ham maydonni golsiz tark etishmayapti.
Ushbu natija bilan ular 1991/1992-yilgi mavsumdagi rekordni yangilashdi, o'shanda Ispan grandi ichki chempionatning dastlabki 27 ta o'yinida gol urgan. Ammo o'sha mavsumda Yoxan Kroyf qo'l ostidagi jamoa 28 ta o'yindan so'ng 57 ta gol urgandi, hozir esa Flik bilan bu ko'rsatkich 77 taga yetgan.
To'g'ri, “ko'k-anorranglilar”da bu borada ajralib turadigan yana bir mavsum bor (2012/2013). O'shanda ular chempionatning barcha o'yinida gol kiritgan.
Fikrlar