"Barselona": Kutilgan transfer amalga oshdi

  • 31.05.2021 19:35
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

"Barselona" hujumchi Serxio Aguero bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, Aguero Kataloniya jamoasiga erkin agent sifatida qo‘shildi. Argentinalik hujumchi 2022-23 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan shartnomani imzoladi.

E2uKvSgWUAEGQss

32 yoshlik futbolchi "Barselona" safiga 1 iyuldan qo‘shiladi. Agueroning tovon puli 100 million evroni tashkil qiladi.

Argentinalik yulduz 2011-2021 yilgi mavsumlarda "Manchester Siti" sharafini himoya qildi. Undan avval esa "Atletiko" safida to‘p tepdi. Endi u yana La Ligaga qaytdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!