"Barselona" Lamin Yamalni sotish bo‘yicha o‘z qarorini aytdi

  • 13.10.2025 15:51
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Ispan matbuotida "Al-Hilol" klubi 18 yoshli vinger Lamin Yamal uchun 400 million evroli taklif yo‘llagani haqida ma’lumot tarqalgandi. Shuningdek, saudiyaliklar futbolchiga etti yillik shartnoma taklif qilgani aytilgan.

Biroq, "marca" nashrining xabar berishicha, "Barselona" rahbariyati bu ma’lumotni inkor etdi va klub hech qanday taklif olmaganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, kataloniyaliklar Yamal sotilmasligini qat’iy ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, yozda Yamal "ko‘k-anorranglilar" bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirgan edi.

Joriy mavsumda u La Ligada 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!