“Barselona” Levandovski va Yamalni yarashtirib qo‘ydi. Ular nega ziddiyatga borgandi?

  • 21 sentabr, 2024, 21:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoaning ikki etakchisi – tajribali to‘purar Robert Levandovski va yosh iqtidor egasi Lamin Yamalni yarashtirib qo‘ydi.

Tecno

Sport.es saytining ma’lum qilishicha, o‘tgan mavsum ikki o‘yinchining munosabati buzilgandi. Polshalik hujumchi qulay vaziyatda turganiga qaramay, unga to‘pni uzatmay o‘zi zarba bergan Yamalni keskin tanqid qilgan.

Lamin esa, Robert jamoa etakchisiga yarashmaydigan ish qilganini ta’kidlagan edi. Shundan beri ikki o‘yinchi o‘rtasida munosabat buzilgandi.

Xans-Diter Flik Levandovski bilan suhbat o‘tkazib, jamoa yoshlari bilan ishlashda o‘ziga yordam berishga ko‘ndirgan va boshqa futbolchilar 36 yoshli polshalik hujumchiga ko‘proq to‘p uzatishini tayinlashini bildirgan. Shu tariqa, jamoadagi muhit ancha o‘nglangani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!