"Barselona" Martinesni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga yaqin

  • 16 may, 2023, 04:02
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" transfer bozorida o‘z yurishini boshladi. Ktaloniyaliklar yozda bir qancha erkin agentlarni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirgandi. Shulardan biri amalga oshmoqda. "Atletik" himoyachisi Inigo Martines "Barsa"ga o‘tishga yaqin, deya xabar berdi Fabritsio Romano. 

Tecno

31 yoshli ispan 5 yillik faoliyatidan so‘ng "basklar"ni tark etadi va Xavi jamoasi safiga borib qo‘shiladi. U "Barsa" bilan 2025 yilgacha amal qiladigan shartnomaga qo‘l qo‘yadi. 

Inigoning yuqori tajribasi Xaviga ma’qul bo‘lgan. Murabbiy bu transferni ancha vaqtdan beri rahbariyatdan so‘rab keladi. Martinesdan tashqari klub Gyundogan, Bernardu Silva kabi o‘yinchilarni olib kelmoqchi. Shu bilan birgalikda, Messini ortga qaytarish bo‘yicha ham harakat qilinmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!