“Barselona” Messiga kutilmagan taklif bilan chiqdi

  • 1 sentabr, 2020, 00:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Barselona” rahbariyati Lionel Messining klubga qarshi bosh ko‘targaniga qaramay, u bilan amaldagi shartnomani yana 2023 yilning yozigacha uzaytirmoqchi.

Kataloniya klubi prezidenti Jozep Bartomeu Messining otasi Xorxe bilan bo‘ladigan uchrashuv chog‘ida unga Leoni shartnomani uzaytirishga ko‘ndirishni so‘raydi.

Ikki yilga tuziladigan yangi shartnoma bo‘yicha Messining yillik maoshi o‘zgarishsiz qoladi va u soliqlarni qo‘shib hisoblaganda har bir yil uchun 100 million evrodan oladi.

Biroq, Messi bu taklifni qabul qilmasligi tayin. Chunki u klubdan ketish qaroria qat’iy turibdi. Va bu masalada maosh miqdori hech qanday ahamiyat kasb etmaydi.

Messining taqdirini hal qiladigan uchrashuv bo‘ladi

“Barselona” Messini bo‘ysundirish yo‘lini topdi

Messi bir imzo bilan 500 million evro oladi

“Barselona” Messini tamoman sindirmoqchi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!