
"Barselona" muxlislari uchun yomon xabar!
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki De Yong "Real" Madridga (1:2) qarshi bo‘lib o‘tgan bahsda jarohat oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar qilmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchi bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shifokorlar unga son son suyagi yorilishi tashxisini qo‘yishdi.
Jurnalist Xavi Migelning ma’lum qilishicha, De Yong taxminan 10 kun maydonga tusha olmaydi.
24 yoshli De Yong joriy mavsum “Barselona” safida jami 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.
Fikrlar