
"Barselona" muxlislariga Olmo bo‘yicha noxush xabar
"Barselona"ning futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha murojaatiga rad javobi berildi. Bu haqda "El Chiringuito" xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, uchrashuvlardan so‘ng La Liga va Ispaniya futbol federatsiyasi (RFEF) Dani Olmo va Pau Viktorni ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat bermaslikka qaror qildi. Xabarda yaqin soatlarda bu haqda rasman xabar berilishi aytilgan.
Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur holatdan so‘ng klub CSD ya’ni Oliy sport kengashiga murojaat qilishi mumkin. Shundan so‘ng kengash litsenziya rad etilgani va 1:1 qoidasiga rioya qilgan holda vaziyatni bartaraf etishi mumkin.
Fikrlar