«Barselona» oʻyinchilari Xolandni kataloniya klubiga chorla

  • 26.09.2026 21:53
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Siti» forvardi Erling Xoland jamoa Chempionshipga tushirib yuborilsa, klubni tark etishi mumkin. «Shaharliklar» moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzish bo‘yicha 114 ta bandda ayblanmoqda.

Ispaniya ommaviy axborot vositalari tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, norvegiyalik gol urush mashinasini o‘z safiga qo‘shib olishga «Barselona» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Kataloniya klubi futbolchilari Xolandni jamoada ko‘rishni juda istashi aytilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, «Barselona» o‘yinchilari  Xolandga: «Seni kutyapmiz, Robot», degan mazmunda xabarlar yo‘llay boshlagan. Xolandning o‘zi ham Evropada faqat «Barselonani»gina o‘zi qo‘shilishni istaydigan yagona klub sifatida ko‘rayotgani ta’kidlanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!