"Barselona" o‘z hujumchisini "Arsenal"ga taklif qildi

  • 28.05.2023 13:54
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" hujumchi Ansu Fati Ispaniya chempionatini Angliya premer-ligasiga o‘zgartirishi mumkin. "AS" nashrining ma’lum qilishicha, "ko‘k-anorranglilar" 20 yoshli futbolchini Londonning "Arsenal" klubiga o‘tkazishni taklif qilishgan.

Tecno

Ayni damda Fatining agentlari o‘z mijozini "Tumanli Albion"ga ko‘chirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishmoqda.

Ansu 2020 yilning yozidan beri Kataloniyada o‘ynamoqda. Hujumchining "Barselona" bilan shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan.

Fati joriy mavsum "Barsa" safida 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!