
“Barselona” o‘z maydonida “Bamberg”ni yanchib tashladi
Basketbol bo‘yicha Evropa ligasining 19-tur uchrashuvlari keskin va murosasiz bahslarga boy o‘tdi.
Rossiyaning “BK Ximki” klubi o‘z parketida Gretsiyaning “Olimpiakos” jamoasini 82:54 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. “Jalgiris” (Litva) hamda “Valensiya” (Ispaniya) uchrashuvida 86:84 hisobi qayd etilgan, Isroilning “Makkabi FOX” klubi Serbiyaning “Tsrvena Zvezda”sini 89:75 hisobida engdi.
Ispaniyada “Barselona” va “Bamberg” (Germaniya) o‘zaro bahslashdi. O‘yinida kataloniyaliklar 81:66 hisobida g‘alaba qozondi.
Fikrlar