
"Barselona" o‘z safiga "Borussiya D" himoyachisini qo‘shib olmoqchi
"Borussiya" Dortmund himoyachisi Rafael Gerreyra joriy yozgi transferlar davrida "Barselona"ga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” rahbariyati 25 yoshli portugaliyalik futbolchini sotib olib, jamoada Jordi Albaga raqobat paydo qilmoqchi. Kataloniyaliklar ushb transfer uchun 25 million evrodan kamroq mablag‘ sarflashni rejalashtirishmoqda. Boisi, Gerreyraning shartnomasi yana bir yildan so‘ng o‘z nihoyasiga etadi.
Bu borada “Barselona”ning short-listida shuningdek Filipe Luis, Alberto Moreno va David Alaba kabi futbolchilar ham bor.
Fikrlar