"Barselona" prezidenti Pochettino bilan uchrashgani ma’lum bo‘ldi

  • 15 avgust, 2020, 09:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” prezidenti Jozep Bartomeu shu hafta “Tottenxem”ning sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino bilan uchrashgan.

Tecno

Cadena Ser Catalunya nashri tarqatgan xabarga qaraganda, ushbu uchrashuvda “ko‘k-anor ranglilar” sport direktori Erik Abidalning yordamchisi Ramon Planes ham ishtirok etgan.

“Barselona” hozirda Pochettinodan tashqari Xavi va Ronald Kuman bilan ham muzokaralar o‘tkazmoqda.

Kataloniyaliklar kecha EChL chorak finalida “Bavariya”dan (2:8) uchralgan sharmandali mag‘lubiyatdan so‘ng Kike Setenni iste’foga chiqarish arafasida turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!