"Barselona" prezidentligiga nomzod: Salom, Madrid!
"Barselona" sobiq prezidenti Joan Laporta saylovoldi tashviqot ishlarini olib bormoqda.
Laporta o‘zining tasviri tushirilgan ulkan bannerni "Real" stadioni "Santyago Bernabeu" yaqinida joylashgan uylarning biriga joylashtirdi. "Siz bilan yana uchrashganimdan xursandman", deb yozilgan bannerda. Shuningdek, sobiq amaldor "Salom, Madrid" so‘zlari yozilgan post yukladi.
Ispaniyalik sobiq futbolchi 2003-2010 yilar mobaynida "ko‘k-anorranglilar" prezidenti sifatida faoliyat yuritgan.

Fikrlar