“Barselona” qishda olinadigan futbolchilar nomini oshkor qildi
“Barselona” qishki transferlarda faol qatnashishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Ronald Kuman talabiga ko‘ra, klub rahbariyati yanvarda “Lion”dan hujumchi Memfis Depayni va “Manchester Siti”dan himoyachi Erik Garsiyani sotib olishga harakat qiladi. Depay masalasida kataloniyaliklar ortiqcha qiyinchilikka duch kelmaydi. Bir necha oy oldin hujumchi uchun 25 million evro talab qilgan frantsuzlar qishda niderlandiyalik to‘purarni 5 million evroga qo‘yib yuborishini bildirgan.
“Shaharliklar” rahbariyati Erik Garsiyani yangi bitimga ko‘ndira olmadi. Shuning uchun ispan futbolchisi yozda tekinga ketib qolmalsigi uchun uni qishda sotib yuborish kerak. Biroq, Garsiyaga Angliyaning o‘zidan qator takliflar borligi “Barselona”ga xalaqit qilishi mumkin.

Fikrlar