“Barselona” rahbarining “og‘zi qulog‘ida”

  • 2 sentabr, 2023, 23:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” prezidenti Joan Laporta klubning yozgi transfer siyosati natijalaridan qoniqish hosil qilganini aytdi.

Tecno

Rahbariyatga transfer oynasi yopilish arafasida o‘zlari anchadan beri ko‘zlab yurgan ikki futbolchini qo‘lga kiritgan ma’qul keldi.

Ma’lumki, “Atletiko”ujumchisi Joau Felish va “Manchester Siti” himoyachisi Joau Kanselu ijara asosida kataloniyaliklar safiga qo‘shildi.

- Biz uchun bu tarixiy kecha bo‘lganini his qildim. Juda yuqori darajada raqobatlasha oladigan jamoa shakllantirdik. Xavi Ernandes bu transferlardan xursand bo‘lishiga aminman.

Bizga nomi chiqqan futbolchilar kerak edi. Amalga oshirilgan transferlar bilan faxrlanamiz. Klubimizda professonallar ishlaydi va ularning mehnati o‘z natijalarini beryapti, - dedi Joan Laporta.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!