"Barselona" Reşfordning kelajagi borasidan bir qarorga keldi
"Barselona" hujumchi Markus Reşfordning kelajagi borasida bir qarorga keldi. Bu haqida "Mirror" nashri xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" rahbariyati "Manchester Yunayted"ga futbolchini sotib olishini ma'lum qilgan. Kataloniya klubi vinger uchun 30 million evrodan voz kechmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" Markussni yozda "qizil iblislar"dan ijaraga olgan edi. 28 yoshli futbolchi joriy mavsum Flik qo‘l ostida 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol kiritdi va 11 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Fikrlar