"Barselona" sobiq direktori: Messi va Ronaldu bitta jamoada to‘p surishi mumkin
"Barselona" sobiq sport ishlari bo‘yicha direktori Aredo Brayda Lionel Messining kataloniyaliklar tarkibini tark etishi mumkinligi haqida gapirib o‘tdi.
"Ronaldu va Messi birgalikda bir jamoa safida to‘p surishlari mumkin.
Leo tajribali futbolchi. U Ispaniyada 13 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Uning klubdan ketishi qiyin, ammo imkonsiz ishning o‘zi yo‘q", - deydi Brayda.
Joriy mavsumda Messi "Barselona" safida 18 ta o‘yinda maydonga tushib 14 ta gol muallifi bo‘ldi.

Fikrlar