“Barselona” sobiq prezidenti Bartomeu hibsga olindi
“Barselona” sobiq prezidenti Xosep Mariya Bartomeu, ijrochi direktori Oskar Grau va yuridik bo‘lim rahbari Ramon Gomes Ponti politsiya tomonidan hibsga olindi.
Ma’lumotlarga qaraganda, 1 mart kuni “Barselona” ofisida tintuv o‘tkazilgan. Bartomeu, Grau va Ponti klubning ijtimoiy tarmoqdagi faoliyati bo‘yicha qo‘lga olingani aytilmoqda.
“Barselona” klubi hozircha bunga rasmiy munosabat bildirgani yo‘q. 7 mart kuni “Barselona” prezidentligi uchun saylov bo‘ladi. Rahbar lavozimiga Joan Laporta, Viktor Font va Toni Freysha da’vogarlik qilmoqda.
Fikrlar