"Barselona" sobiq prezidenti: "Real" peshqadam bo‘lganida, La Ligani allaqachon tugatib yuborishgan bo‘lar edi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" sobiq prezidenti Xoan Gaspar La Liga rahbariyatini tanqid qildi.

"Agarda, hozir La Ligada "Real" peshqadamlik qilayotganda, La Ligada mavsumni allaqachon tugatib yuborishgan bo‘lar edi", - deya Gasparning so‘zlarini keltirib o‘tdi Goal.com.

Ma’lumot uchun, Ispaniya La Ligasi koronavirus pandemiyasi bois 27-turda to‘xtab qolgan edi. Turnir jadvalida esa "Barselona" 58 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Madridning "Real" klubi hisobida esa 56 ochko mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!