
“Barselona” so‘nggi qatordan bitta tepada qoldi
Evropada yozgi transfer oynasi yopildi. Tahlilchilar jamoalarning yangi o‘yinchilarga qilgan sarf-xarajatlarini hisoblab chiqmoqda.
Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” eng kamxarj ikki klubdan biri bo‘ldi.
Diario Sport nashrining yozishicha, kataloniyaliklar yozda yangi o‘yinchilarni olish uchun atigi 3,4 million evro sarf qildi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha “Barsa”dan faqat “Atletik” orqada. Bilbaoliklar birorta transferga qo‘l urgani yo‘q.
Bosh murabbiy Xavi Ernandes o‘z jamoasiga besh nafar o‘yinchi – Oriol Romeu, Ilkay Gyundog‘an, Inigo Martines, Joau Kanselu va Joau Felishni qo‘shib oldi. Ulardan faqat Romeu transferi uchun 3,4 million evro to‘langan. Qolgan to‘rt o‘yinchidan ikkitasi erkin agent sifatida kelgan bo‘lsa, portugaliyalik ijaraga olindi.
Fikrlar