
"Barselona" Suaresga A Seriyadan o‘rinbosar topdi
“Barselona” klubi jarohat olib uzoq muddatga safdan chiqqan hujumchi Luis Suares o‘rniga munosib o‘rinbosar qidirishni davom ettirmoqda.
Tuttomercatoweb nashri tarqatgan xabarga ko‘ra kataloniyaliklarning bu boradagi e’tibori “Sasssuolo” forvardi Domeniko Berardiga tushgan. Aytish kerakki, ushbu ikki klub o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Shu bois Berrardi yanvar oyi oxirigacha “Kamp Nou”ga ko‘chib o‘tish ehtimoli juda yuqori.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” shuningdek Per-Emerik Obameyang, Edinson Kavani va Olive Jiru kabi futbolchilarning ham nomzodini ham ko‘rib chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Berrardi joriy mavsum A Seriyada 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va 9 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar