
"Barselona" supertransfer ishlarini yakunlamoqda
"Inter" hujumchisi Lautaro Martines "Barselona" bilan shaxsiy shartnoma bandlari bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Insayder Nikolo Shira ma’lumotiga ko‘ra, keyingi haftada "Inter" va "Barselona" mutasaddilari futbolchi uchun to‘lanadigan tovon puli masalasini hal qilib olishlari kerak bo‘ladi.
Ta’kidlanishicha, "Barsa" "neradzurrilar"ga turli ko‘rinishdagi takliflar hozirlamoqda. Oldinroq, tomonlar 60 million, shuningdek Arturo Vidal va Nelson Semeduni berish bo‘yicha kelishuvga erishgani xabar qilingan edi.
Fikrlar