“Barselona” supertransferni uddaladi

  • 17.12.2021 11:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol

“Barselona” mutasaddilari bosh murabbiy Xavi kutayotgan muhim transferni uddaladi. “Manchester Siti” yarim himoyachisi Ferran Torres mavsum yakunlanishi bilan Kataloniyaga kelishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda Mundo Deportivo nashri.

Xavi 21 yoshli o‘yinchi yordamida jamoaning hujumkorlik salohiyatini oshirmoqchi. Hozircha, kataloniyaliklar “shaharliklar”ni transferga ko‘ndirdi. Tomonlar transfer summasi bo‘yicha kelishuvga erishsa bo‘ldi.

Yaqinda “Siti” so‘rayotgan narx va “Barselona” to‘lamovchi bo‘lgan summa o‘rtasidagi farq 15 million evroni tashkil qilgan edi, ayni paytda bu ko‘rsatkich qisqarib bormoqda.

Torres “Manchester Siti”ning asosiy tarkibiga kiriga qiynalmoqda. Yosh futbolchi Angliya premer-ligasida to‘rtta uchrashuvda ikkita gol urib, bitta golli uzatma berganiga qaramay, Xosep Gvardiola unga etarli o‘yin vaqti bermayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
SIROJ BO'RIYEV
17/12/2021 15:32
Xavining jamoaga effekti zor transfer boladida oziyam