
“Barselona” transfer bozorini “yondirish”ni davom ettiradi
"Chelsi" sardori Sezar Aspilikueta "Barselona" futbolchisiga aylanishi mumkin. Jurnalist Matteo Morettoning fikricha, ispaniyalikning “ko‘k-anorranglilar” safiga o‘tish ehtimoli yuqori, biroq bu ozroq vaqt talab qiladi.
Ayni damda "Chelsi" Aspilikuetaga o‘rinbosar qidirish bilan ovvora. Qizig‘i shundaki, londonliklar o‘z sardoriga alternativ sifatida "Sevilya" himoyachisi Jyul Kundeni ko‘rmoqda va unga "Barselona" ham jiddiy qiziqish bildirgan.
Aspilikuetadan tashqari yana bir ispaniyalik himoyachi Markos Alonso ham “Kamp Nou” egalari safiga o‘tishi mumkin. Boisi, futbolchi La Ligaga qaytishni istashi haqida ma’lum qilgan. Ammo “Barsa” hozircha Markos borasida muzokara o‘tkazgani yo‘q.
Sezarning “Chelsi” bilan shartnomasi kelasi yilning yoziga qadar amal qiladi. “Transfermarkt” portali himoyachining narxini 9 millon evroga baholamoqda.
Fikrlar